1

Shavkat Mirziyoev yozuvchilar uyiga tashrif buyurdi

Siyosat 10.08.2018, 13:50
Shavkat Mirziyoev yozuvchilar uyiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, «Kamolon» mahallasida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma`lum qildi.

Davlatimiz tomonidan ijodkorlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilayotgan e`tibor natijasida Milliy bog` yonidagi so`lim maskanda Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi barpo etilgan edi. Ushbu xiyobon ro`parasida qurilayotgan mazkur uy-joylar yozuvchi va shoirlarga beriladi. Uyning birinchi qavatida 60 o`rinli maktabgacha ta`lim muassasasi va oilaviy poliklinika tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoev qurib bitkazilgan xonadonlardan birini va maktabgacha ta`lim muassasasini kirib ko`rdi. Oilalarning tinch-farovon yashashi, bolalarning barkamol bo`lib ulg`ayishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Prezidentimiz Bo`zsuv kanali bo`ylab qurilgan so`lim sayigohni ham ko`zdan kechirdi.

Shu erda Toshkent shahri tumanlarida zamonaviy turar joy majmualari, ishbilarmonlik markazlari, dam olish maskanlari va sayilgohlar qurish, jamoat transporti xizmatini yaxshilash bo`yicha loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga loyihalarni takomillashtirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1