Shavkat Mirziyoev poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`iga tashrif buyurib, bog`ni zamonaviy parkka aylantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari bog` markazida Abdulla Qodiriyning muhtasham haykalini o`rnatish, bog`ni boshqalardan ajralib turadigan qilib qurish, bu erda adib yashagan davrni aks ettirish zarurligini ta`kidladi.
Chorsu bozori va Gulbozor mahallasida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, bu tarixiy joyda turizmni rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berildi.
Prezidentimiz shu erda mahalla faollari va ziyolilar bilan suhbatlashdi.









