AsosiyJamiyat

Qo`qonda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining filiali tashkil etiladi

'Qo`qonda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining filiali tashkil etiladi'ning rasmi

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filialini tashkil etish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori muhokama uchun joylashtirildi. Bu haqida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining matbuot xizmati xabar bergan.

Hujjatda Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filialiga 2018/2019 o`quv yili uchun bakalavriatning 5 ta ta`lim yo`nalishlari bo`yicha qabul kvotasi 125 ta etib belgilangan.

Qarorga ko`ra Filialning 2018/2019 o`quv yili uchun talabalar kontingenti Farg`ona viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) respublika oliy ta`lim muassasalariga 1-ilovada belgilangan ta`lim yo`nalishlari bo`yicha hujjat topshirib, test sinovi natijalariga ko`ra o`qishga kira olmagan, biroq to`plagan ballari eng yuqori ballning 30% dan kam bo`lmagan abiturientlar hisobidan to`lov-kontrakt asosida shakllantiriladi.

Farg`ona viloyati hokimligi respublika oliy ta`lim muassasalaridan Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filialiga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-o`qituvchilarni uy-joy bilan ta`minlash, uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish choralarini ko`rishi qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar