Samarqand viloyati hokimligi ma`muriyati kadrlar zaxirasini tanlov asosida shakllantirishga qaror qildi, bu haqda hokimlikning Feysbukdagi sahifasida ma`lum qilinadi.
"Tanlovda chet tillarni puxta biladigan, bugungi islohotlar mazmun-mohiyatini to`g`ri tushunib etgan, boshqaruv va tashkilotchilik sohasida tajriba orttirgan, eng muhimi, tashabbuskor fuqarolar qatnashishlari mumkin", - deyiladi postda.
Nomzodlarning yoshi 25-50 da etib belgilangan.
Shuningdek, nomzodning mutaxassisligi, ish tajribasi lavozimlarga qo`yilgan talablarga muvofiq bo`lishi lozim.
Nomzod tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro`yxatiga ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (ma`lumotnoma, tavsifnoma, fikrnoma, tanlov g`oliblarining mukofotlar to`g`risidagi ma`lumotlar) ham kiritilgan.
Tanlov avgust-sentyabr oylarida o`tkazib boriladi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar payshanba, juma va shanba kunlari soat 10-00 dan 12-00 gacha Samarqand viloyat hokimligiga (Ko`ksaroy maydoni, 1-uy) murojaat qilishlari mumkin.






