Rossiya Federasiyasidan yuborilgan pochta jo`natmasi bojxona ko`rigidan o`tkazganda, jo`natmada deklarasiyada ko`rsatilmagan 99 dona zanglagan qadimiy tangalar borligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “O`zbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirishni tartibga solish to`g`risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko`ra, numizmatika ashyolari, ya`ni tarixiy tangalar ham madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasiga kiritilgan.
Ushbu hujjatga ko`ra, xorijiy fuqarolar va boshqa shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan madaniy boyliklar tegishli bojxona hujjatlarida ko`rsatilishi kerak.
Yaqinda mazkur tartiblarga rioya qilmasdan turib, tarixiy ahamiyatga ega tangalarni pochta jo`natmalari orqali respublikamizga olib kirishga bo`lgan urinishlar fosh qilindi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari Rossiya Federasiyasidan poytaxtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga yuborilgan pochta jo`natmasini bojxona ko`rigidan o`tkazganda, jo`natmada deklarasiyada ko`rsatilmagan 99 dona zanglagan qadimiy tangalar borligi aniqlandi.