AsosiyJamiyat

20-21 SENTYaBR KUNLARI TOShKENTDA “MALAYZIYaDA TA`LIM OLISh” MAVZUSIDAGI SEMINAR BO`LIB O`TADI

Reklama huquqi asosida

2014 yilning 20-21 sentyabr kunlari “O`ZINKOMMARKAZ” Toshkentdagi Xalqaro Biznes markazida Lincoln University College bilan hamkorlikda “Malayziyada ta`lim olish” mavzusidagi navbatdagi seminar bo`lib o`tadi.

Oliy ta`lim muassasalariga kirish imtixonlarini topshirish inson hayotidagi eng hayajonli damlardan biri sanaladi. Ayni damda ko`pchilik “abiturient” statusini “talaba”ga almashtirib ulgurdi. Biroq bu yili oliy o`quv yurtlariga kirganlar ro`yxatida o`z ismini topa olmaganlar ham yo`q emas. Yo`qotilgan bir yil uchun inson tushkunlikka tushadi. Biroq...

Biroq Lincoln University College Malayziya Halqaro oliy ta`lim muassasasiga o`qishga kirish imkoniyati bor, eng asosiysi bu qiyin emas. Chet ellik talabalarga kirish imtixonlari osonlashtirilgan. Ulardan ingliz tilini bilish va kollej yoki liseyni yaxshi baholarga tugallaganliklari haqidagi diplom talab qilinadi.

Vaqtingni behuda sarflama va Lincoln University College’ning oliy tajribali mutaxassisiga aylan!

Lincoln University College – Malayziyadagi eng nufuzli halqaro universitetlardan biri sanaladi. 2002 yilda u kollej sifatida ochilgan, 2010 yili esa unga universitet maqomi berilgan. Universitet Malaysian Qualification Agency – Malayziya malaka oshirish agentligi tomonidan tasdiqlangan xususiy oliy ta`lim muassasalaridan biri sanaladi.

Lincoln University College’da yuqori malakali o`qituvchilar dars berishadi va ular beradigan bilim zamonaviy xalqaro bozori uchun mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. University of London (Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi universitetlardan biri) bilan hamkorlik asosida Buyuk Britaniya dasturi asosidagi o`qish talabalarga ingliz namunasidagi diplomni olishga imkoniyat beradi. 10% dan 15% miqdorigacha bo`lgan grantlar tufayli o`qish istagi bo`lgan har qanday kishining ushbu universitetda o`qishiga imkon yaratadi. 

Lincoln University College abiturientlarga ta`lim olish dasturlarining keng tanlovini namoyish etadi: unda qisqa muddatli kurslardan to doktoranturagagacha bo`lgan tayyorgarlik dasturlari, tibbiyot fakultetidan to biznes-administrativ hamda dasturlash kabi yo`nalishlari mavjud. Hi-end esa bilim qabul qilishni osonlashtiradi hamda o`qish davrini har bir talaba uchun foydali va qiziqarli qiladi.

Lincoln University College’ning asosiy maqsadi – har bir talabada yashiringan ishtiyoqni kashf etish va uni kerakli yo`nalishga yo`naltirishdan iborat.

“ITEGroup” kompaniyasi 2014 yilning 20-21 sentyabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha Toshkentdagi Xalqaro Biznes markazida Lincoln University College bilan hamkorlikda “Malayziyada ta`lim olish” mavzusidagi navbatdagi seminar bo`lib o`tadi. Seminarda “Lincoln University College” vakillari ishtirok etishadi va ular sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi. Ushbu seminarda barcha qatnashishi mumkin. Seminar o`zbek va rus tillarida olib boriladi. Seminarga yozilish va qo`shimcha ma`lumotlarni olish uchun  (+99895) 195-66-77, (+99893) 585-78-82 qo`ng`iroq qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar