1

Malavida Bi-bi-sining suratga olish guruhiga hujum uyushtirildi

Dunyo 14.08.2018, 11:14
Malavida  Bi-bi-sining suratga olish guruhiga hujum uyushtirildi

Bi-bi-si teleradiokorporasiyasi Malavida mahalliy aholi ularning suratga olish guruhiga hujum qilganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Telekanalning ma`lum qilishicha, jurnalistlar Malavining shimoliy qismiga bolalarni o`ldirib ketish holatini o`rganish uchun borgan. Mahalliy aholi jurnalistlarni turli marosimlar uchun bolalarni o`ldiradigan qotillar deb o`ylagan.

Bi-bi-si suratga olish guruhi tarkibida mahalliy jurnalist Genri Mango, prodyuser Darius Bazargan va malavilik jurnalist Anas Aremeyo Anaslar bo`lgan. Ular taxmin qilingan qotillardan birini aniqlashga muvaffaq bo`lishgan. Anis o`zini aslzoda boylardan biri deb tanishtirib, boylik keltirish uchun inson tanasi a`zolaridan yasaladigan tumor buyurtma qilgan.

Suratga olish guruhi “afsungar”lardan biri bilan uchrashib, buyurtma narxini kelishayotgan vaqtda ularga mahalliy aholi hujum qilib, toshbo`ron qilgan. Hattoki ularga pichoq o`qtalishgan. Voqea joyiga etib kelgan mahalliy polisiyachilar jurnalistlarni hujumdan qutqarib qolgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1