AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Rossiya o`rtasida oliy ta`lim yo`nalishidagi hamkorlik yanada rivojlanadi

'O`zbekiston va Rossiya o`rtasida oliy ta`lim yo`nalishidagi hamkorlik yanada rivojlanadi'ning rasmi

14 avgust kuni Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligida Rossiya Federasiyasi Prezidentining Xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi, Fan va ta`lim vazirligi vakillaridan iborat delegasiyaci bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda Rossiya Federasiyasi Prezidentining Xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari A.Rbakov, departament boshlig`i A.Vlasov, Fan va ta`lim vazirligi Xalqaro departamenti direktori I.Ganshin hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi A.Abduvaxitov, oliy va o`rta maxsus ta`limi vaziri I.Majidov va boshqalar ishtirok etdi.

Muzokarada so`ngi ikki yil davomida davlatlar o`rtasida o`zaro ishonchli va manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, siyosiy, savdo-iqtisodiy sohalar bilan birga madaniy-gumanitar va ilmiy-texnik sohalarda ham aloqalar kengayib borayotgani e`tirof etildi.

O`zbekiston va Rossiya o`rtasida malakali kadrlar tayyorlash yo`lidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, jumladan, zamonaviy yo`nalishlar va mutaxassisliklarda bakalavr, magistrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot sohasida o`zaro tajriba almashish kabi muhim yo`nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar