Dugonasining hamyonidan 5 million so`m pul o`g`irlagan ayolning qilmishi oshkor etildi

Jinoyat 16.08.2018, 09:54
Dugonasining hamyonidan 5 million so`m pul o`g`irlagan ayolning qilmishi oshkor etildi

Ayol kishiga nisbatan gumondor yoki jinoyatchi degan so`zlarni ishlatish og`ir. Lekin bugun ayollar tomonidan sodir qilinayotgan huquqbuzarliklar soni ortib borayotgani tashvishli holat.

Xiva shahrida yashovchi S.J. 1989 yilda tug`ilgan. U 2018 yilning iyul oyida dugonalari bilan Xiva shahridagi kafelardan biriga ovqatlanishga boradi. S.J. dasturxon atrofida o`tirgan dugonasi A.G.ning hamyonidagi 50 ming so`mlik bir taxlam pulga ko`zi tushdi-yu, fikri buzildi. Shundan keyin “qulay fursat”ni kuta boshlaydi. G. hamyonini qarovsiz qoldirganidan foydalanib, uning ichida bo`lgan 5 million so`mni hech kimga sezdirmasdan o`g`irlaydi.

Hech narsadan shubha qilmagan A.G. uyiga kelgach, hamyonidagi pullari yo`qligini bilib, kafeda birga ovqatlangan dugonalarining barchasidan so`rab surishtirdi. Natija chiqmadi.

Shundan so`ng u ichki ishlar bo`limiga bu haqda xabar beradi. Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida jinoyat “issiq izi”da fosh etildi. Ashyoviy dalil hisoblangan pullar o`z egasiga to`laligicha qaytariladi.

O`zA xabariga ko`ra, dugonasining puliga ko`z olaytirgan S.J.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1