AsosiyDunyo

Nikolya Sarkozi Fransiyani qutqarish uchun siyosatga qaytmoqchi

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi mamlakatini qutqarish va inqirozdan olib chiqish uchun siyosatga qaytadi. Bu haqda sobiq prezident TF1 telekanaliga bergan intervyusida aytib o`tdi.

“Fransiya vayron bo`lmoqda, men uyda o`tirib, o`z xalqimni tashlab ketishim kerakmi? Men o`zimni xaloskor deb, ahmoqona gaplar aytish niyatim yo`q. Yurtim menga berganlarni qaytarishim kerak. Men ham xato qilganman, o`zimni hammasini to`g`ri qilgandek ko`rsatayotganim yo`q. Ammo, men yolg`on gapirmaganman”,deydi Sarkozi.

Xabarda yozilishicha, sobiq prezident Fransiyani Iroqdagi kampaniyalardagi ishtirokini qo`llab-quvvatlamoqda. Ammo, Fransiyaning amaldagi prezidenti Fransua Ollandning Rossiyaga nisbatan etarlicha qattiq munosabatda bo`lmayotganini tanqid qildi.

Hozirda Sarkoziga nisbatan ochilgan jinoiy ish ochiqligicha qolmoqda. Unga nisbatan oltita jinoiy ish bo`yicha ayblov qo`yilgan:pora berish, shaxsiy manfaati yo`lida vakolatidan foydalanish va bir qator qonunbuzarlik ishlarini berkitish. Ikki ish bo`yicha u oqlandi, qolganlar bo`yicha tergov ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar