1

Shavkat Mirziyoev: O`zaro savdo aylanmasi yiliga 1 milliard dollarga etkaziladi

Siyosat 17.08.2018, 13:56
Shavkat Mirziyoev: O`zaro savdo aylanmasi yiliga 1 milliard dollarga etkaziladi

O`zbekiston va Tojikiston delegasiyalarining keng tarkibdagi muzokalari boshlandi. Unda asosiy e`tibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatlarimiz o`rtasida erkin savdo tartibi joriy qilingan. 2002 yilda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya tuzilgan. Ushbu komissiyalarning hamraislari ikki mamlakat Bosh vazirlari ekani tomonlarning bu aloqalarga katta ahamiyat berishidan dalolatdir.

2018 yil ikki tomonlama munosabatlar tarixida g`oyat muvaffaqiyatli bo`ldi. Yil boshidan buyon turli darajalarda ellikdan ortiq uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning to`rtta majlisi o`tkazildi.

O`zaro savdo hajmi joriy yilning birinchi yarmida 2017 yilning shu davriga nisbatan 35 foizdan ziyod o`sdi. Qiymati 300 million dollardan ziyod bo`lgan savdo shartnomalari va bitimlar imzolandi.

“Hamkorligimizda hali ishga solinmagan imkoniyatlar juda ko`p. Shunday ishlashda davom etsak, tez orada tovar ayriboshlash hajmini 500 million dollarga etkazamiz. Aslida salohiyatimiz – kamida 1 milliard dollar”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoev.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaga o`zaro savdo hajmini oshirish va tarkibini diversifikasiya qilishni izchil davom ettirish bo`yicha topshiriqlar berildi. Ikki mamlakat biznes tuzilmalari va chegaraoldi hududlari o`rtasida kooperasiyani kengaytirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar ko`rish zarurligi ta`kidlandi. Qishloq xo`jaligi texnikasini yig`ish, qurilish materiallari, oziq-ovqat, tayyor to`qimachilik, elektrotexnika mahsulotlari va boshqa tovarlarni ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirishga kelishib olindi.

Transport va tranzit tashish, energetika va gidroenergetika, suvdan foydalanish sohalarida o`zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi. Terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligi samardorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1