AsosiySport

O`zbekiston sport delegasiyasining asosiy qismi Jakartaga etib keldi

'O`zbekiston sport delegasiyasining asosiy qismi Jakartaga etib keldi'ning rasmi

Ertaga Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida XVIII Osiyo o`yinlari rasman start oladi, deb xabar berdi MOQ.

Bugun delegasiyamizning katta qismi, jumladan, taekvondo WTF, ushu, suzish, erkin va yunon-rum kurashi, og`ir atletika bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz Osiyo o`yinlari poytaxtiga etib kelishdi. Ularni mahalliy «Soekarno Hatta» xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchixonasi vakillari, Milliy olimpiya qo`mitasi ishchi guruhi a`zolari, Jakartada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz, shuningdek, tashkiliy qo`mita tomonidan O`zbekiston sport delegasiyasi uchun biriktirilgan ko`ngillilar kutib olishdi.

Sportchi va murabbiylarimiz aeroportdan to`g`ri Kemayoran daxasidagi Olimpiya shaharchasiga yo`l olishdi. Ular Osiyo o`yinlari davomida aynan shu erda istiqomat qilishadi.


Ma`lumot uchun, ertaga soat 18:08da (Toshkent vaqti bilan 16:08) Jakartadagi «Gelora Bung Karno Stadium»da XVIII Osiyo o`yinlarining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi. 19 avgustdan esa asosiy musobaqalarga start beriladi. O`sha kuni suzish, erkin kurash, ushu, o`q otish, akademik eshkak eshish, tennis hamda qilichbozlik bo`yicha bahslarda sportchilarimiz o`z ishtiroklarini boshlashadi. Shuningdek, futbolchilarimiz Tailand terma jamoasiga qarshi guruhdagi so`nggi uchrashuvlarini o`tkazadilar.

    Boshqa yangiliklar