1

General Motors avtomobillarni qaytarib olmoqda

Dunyo 22.09.2014, 13:36
General Motors avtomobillarni qaytarib olmoqda

AQShning yirik avtokonserni - General Motors jahon bozoridan avtomobillarni qaytarib olishi haqida ma`lum qildi.

ITAR-TASS agentligining xabar berishicha,  2013 va 2014 yillarda ishlab chiqarilgan Cadillac XTS hamda 2014 yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Impala modellari qaytarib olinadi.  General Motors kompaniyasining qayd qilishicha, ushbu avtomobillarning turg`un elektr tormozlarida ayrim nosozliklar kuzatilgan. Ushbu nosozlik bilan AQSh bozorida 205 mingta, boshqa mamlakatlarda esa 16 mingta avtomobil sotilgan.

Kompaniyaning bayonotiga ko`ra, nosozlik tufayli halokat holatlari kuzatilmagan. Shuningdek, GM qaytarib olingan avtomobillarni bepul ta`mirlab berishga va`da berdi.

Yil boshidan ushbu kompaniya turli nosozliklar sababli 30 millionga yaqin avtomobilni bozordan qaytarib oldi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1