1

Prezidentlar Tojikiston sanoat mahsulotlari ko`rgazmasi bilan tanishdi

Siyosat 17.08.2018, 17:29
Prezidentlar Tojikiston sanoat mahsulotlari ko`rgazmasi bilan tanishdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon «O`zekspomarkaz»da tashkil etilgan ushbu ko`rgazma bilan tanishdi, deb xabar berildi davlat rahbarining rasmiy saytida.

Bu erda Tojikistonning yuzdan ortiq korxonalari mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Prezidentimizga mazkur korxonalar haqida so`zlab berildi. Davlatimiz rahbari mahsulotlarning sifati bilan qiziqdi, ishlab chiqaruvchilar bilan suhbatlashdi.

Tashqi savdo va iqtisodiyot mahkamalariga eksport-import aloqalarini kengaytirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. Sanoat korxonalari o`rtasida kooperasiyani rivojlantirish, tadbirkorlarning to`g`ridan-to`g`ri hamkorligini yo`lga qo`yish muhimligi qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1