Uch nafar afg`onistonlik ofiser AQShning Massachusets shtatida bedarak yo`qoldi. Bu haqda Gazeta.ru nashri xabar beradi.
Xarbiylar AQShda Keyp-Kod bazasida bo`lib o`tadigan o`quv mashg`ulotlarida qatnashish uchun tashrif buyurgan. Ammo, 21 sentyabr kuni ofiserlar g`oyib bo`lishdi. So`nggi marta afg`onistonlik askarlarni shtatning savdo markazlaridan birida ko`rishgan. “Ular savdo markazida nima qilganliklarini aytish qiyin”,-deydi AQSh milliy gvardiyasi vakili.
Qayd qilinishicha, bedarak yo`qolganlar jamiyat uchun hech qanday havf solmaydi.
Bir hafta avval esa ikki afg`onistonlik polisiyachi Jorjtaunga qilingan sayohat chog`ida g`oyib bo`lishgandi. Keyinchalik esa ular shahar tashqarisida ekanliklari aniqlandi. Ma`lum bo`lishicha, polisiyachilar Afg`onistonga qaytish niyatlari yo`qligi sababli qochib ketishgan.





