AsosiyJamiyat

Samarqand shahridagi “Cho`pon Ota” MFYda “Obod mahalla” dasturi ijrosi sust olib borilmoqda

'Samarqand shahridagi “Cho`pon Ota” MFYda “Obod mahalla” dasturi ijrosi sust olib borilmoqda'ning rasmi

O‘zLiDeP faollari, deputatlar va ishchi guruh a`zolari Samarqand shahridagi “Cho`pon Ota” MFY aholisi bilan suhbatda bo`lishdi. Ushbu mahallada 593 ta xonadon mavjud bo`lib, 759 ta oila istiqomat qilishadi. Ularning 20 tasi ko`p qavatli uylardir.

Uchrashuvlar davomida aholi tomonidan uylarning kanalizasiya tarmog`ining yo`qligidan shikoyatlar kelib tushdi. Jumladan, mazkur mahalladagi 10 uyda 1 xonadonda yashovchi Klara Soyning aytishicha, bu uylarda hojatxona, xammom azaldan qurilmagan. “Obod mahalla” dasturi doirasida bu erda bugungi kunda ishlar sust olib borilmoqda. Bu masalada partiya deputatlik guruhi a`zolari mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so`rovi jo`natadigan bo`ldi.

Shunindek, uchrashuvlarda aholi tomonidan transport muammolarini hal etishda amaliy ko`mak so`raldi. Shahar ichida “Cho`ponota-Shirin-Hazora” yo`nalishida harakatlanadigan 256 avtobus qatnovi oralig`i 1 soatni tashkil etayotganligi bois aholi vaqtini behuda sarflayotganini ta`kidladi. Shu sababli har yarim soatda avtobus qatnovini yo`lga qo`yishda yordam berishini so`rab murojaat qildi.

Ushbu murojaatlar yuzasidan shahar Kengashi deputatlari tegishli tashkilotlarga so`rov tayyorlashga kelishib olishdi.

Mahallada 15 nafar tadbirkorlar faoliyat ko`rsatadi. Ularning orasida obro` e`tiborga ega “G`aybullo PLYuS” xususiy korxonasi rahbari Xayrulla Rahmonov mahallani obodonlashtirishda o`z hissasini qo`shib kelmoqda. Tadbir doirasida partiya faollari tomonidan X.Rahmonov kadrlar zahirasiga olindi.

    Boshqa yangiliklar