AsosiySiyosat

Tojikiston Prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi

'Tojikiston Prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi'ning rasmi

Davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`lib turgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 18 avgust kuni Samarqand shahriga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni hukumat vakillari kutib oldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tashrif davomida Islom Karimov va Amir Temur maqbaralarini ziyorat qilish, Ulug`bek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyi, Registon majmuasi va boshqa tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar