21 avgust kuni O`zbekistonning YuNESKOdagi yangi tayinlangan doimiy vakili Umid Shodiev Toshkentdan Parijga uchib ketdi, deb xabar berdi mamlakat TIV matbuot-xizmati.
Ilgariroq, Umid Shodiev Nyu-Yorkda O`zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o`tamiz, joriy yil fevral oyida O`zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola-Karimov Tillaeva O`zbekistonning YuNESKOdagi elchisi lavozimini tark etayotgani haqida e`lon qilgan edi.
Lola Karimova ushbu lavozimni 10 yil davomida egallab kelgandi.






