“Barselona” hujumchisi Luis Suaresning to`rt oylik diskvalifikasiyasi virtual futbol olamiga ham o`z ta`siri o`tkazdi.
FIFA 15 kompyuter o`yinida urugvaylik futbolchi rasmiy uchrashuvlarda oktyabr oyi oxirigacha maydonga tusha olmaydi. O`rtoqlik uchrashuvlaridan tashqari.
“Karera” rejimida ushbu futbolchini maydonga tushirmoqchi bo`lsangiz klub ijrochi direktoridan qo`yidagi xabar keladi : “Iltimos, Luis Suares diskvalifikasiyani o`tamoqda, 2014 yilning 26 oktyabrigacha undan foydalana olmaysiz”.
Eslatib o`tamiz, Luis Suares Urugvay terma jamoasi tarkibida JCh guruh bosqichi, so`nggi turida Italiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda raqib himoyachisi Kellinini tishlab olgan edi. Shundan so`ng, FIFA intizom qo`mitasi Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suaresni to`rt oyga futboldan chetlatirgandi.