Tadbirkordan pora olgan soliqchi qo`lga olindi

Jinoyat 24.08.2018, 11:29
Tadbirkordan pora olgan soliqchi qo`lga olindi

Xususiy tadbirkor X.X. ichki ishlar bo`limiga murojaat qilib, unda Chust shahri “Do`zanda” mahalla fuqarolar yig`inida joylashgan savdo do`konida faoliyat yuritishi, davlat soliq inspeksiyasi xodimlari kelib, tekshirmaslik evaziga 300 dollar berishni talab qilganliklarini ma`lum qilgan.

Mazkur ariza bo`yicha Namangan viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilgan. Unda Chust tumani davlat soliq inspeksiyasi bo`lim boshlig`i lavozimida ishlovchi T.N. fuqaro X.X.dan 300 dollarni olgan vaqtida qo`lga olingan.

IIV matbuot xizmati xabariga ko`ra, ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, T.N. qamoqqa olingan. Shuningdek, uning jinoiy sheriklariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1