2018 yil 6-10 sentyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida bo`lib o`tadigan Xalqaro maqom san`ati anjumaniga tayyorgarlik bilan yaqindan tanishgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov tadbirni yoritishda faol ishtirok etgan ommaviy axborot vositasi, jurnalist va hattoki oddiy fuqarolar ham taqdirlanishi zarurligini ta`kidlagan.
Shu maqsadda anjuman matbuot markazi tomonidan «Eng yaxshi selfi», «Eng yaxshi reportaj», «Eng yaxshi rolik», «Eng yaxshi maqola» kabi nominasiyalarni joriy qilindi.






