AsosiyShou-biznes

Kianu Rivzning uyiga muxlisi yashirincha kirgani ma`lum bo`ldi

Gollivudning eng kelishgan, mashxur va eng muximi bo`ydoq aktyorlaridan biri bo`lmish Kianu Rivzning uyiga 25 sentyabr kuni uning muxlisi yashirin ravishda kirib olgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda www.spletnik.ru nashri xabar beradi.

Aytish lozimki, o`tgan haftada ham aktyorning uyiga keksa muxlisasining kirib olgandi. O`shanda Kianu Rivz qo`rqqanidan polisiyani chaqirgandi. Bu safar ham shunga o`xshash holat yuz berdi. Ikkinchi muxlis esa Kianuning uyiga kiribgina qolmay, uning shaxsiy buyumlaridan foydalangan. Shovqinni eshitgan uy xizmatchisi bu haqda aktyorga xabar bergan. Oxir oqibat Rivz yana polisiyachilarni chaqirishga majbur bo`lgan.

Polisiya vakillari muxlislarning aktyorning uyiga qay tarzda kirayotganliklariga hayron bo`layotganliklarini yashirmayapti. Sababi, aktyorning uyi shunchaki uy emas, qo`riqlash zonasiga o`xshaydi va uy eng zamonaviy qo`riqlash jixozlari bilan jihozlangan.

    Boshqa yangiliklar