1

O`zMU dekani va o`rinbosari o`qishga kiritish uchun pora olayotganda qo`lga tushdi

Jinoyat 24.08.2018, 21:41
O`zMU dekani va o`rinbosari o`qishga kiritish uchun pora olayotganda qo`lga tushdi

Shu yilning 15 avgust kuni fuqaro R.X. O`zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti xodimlari Yu.J. va A.Q.lar shu universitet magisturaturasi “Ijtimoiy fanlar” fakultetining psixologiya yo`nalishiga o`qishga qabul qilish evaziga 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilayotganliklarini ma`lum qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, mazkur arizaga asosan shu kuni O`zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan muovini bo`lib ishlovchi Yu.J. universitetning Fizika fakulteti binosida fuqaro R.X.dan 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida qo`lga olingan. Yu.J. o`zining jinoiy sherigi A.Q. (fakultet dekani - tahr.) bilan o`zaro jinoiy til biriktirib, ushbu pullarni olganligi ma`lum bo`ldi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi (pora olish: bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Yu.J. va A.Q. qamoqqa olingan.

Shuningdek, jinoiy guruhning boshqa a`zolariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1