Surxondaryoda kelin qaynotasini to`nadi

Jinoyat 25.08.2018, 10:42
Surxondaryoda kelin qaynotasini to`nadi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi Yangiariq mahallasida yashovchi 64 yoshli mehnat faxriysi Sohib Lolaev tuman ichki ishlar bo`limiga murojaat etib, yarim tunda noma`lum shaxs yashash uyiga kirib, sandiq ichidan 1000 AQSh dollari va 2 million 335 ming so`m pulni o`g`irlab ketganini xabar berdi, deb yozmoqda O`zA.

Ko`rilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ushbu o`g`irlikni shu mahallada yashovchi kelini, tumandagi umumta`lim maktabi o`qituvchisi Nodira Mengnarova (ism-shariflar o`zgartirildi) sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Shunday qilib, qaynotasini to`nagan o`g`ri kelinning mahalla-ko`yda ham, maktab jamoasi oldida ham yuzi shuvut bo`ldi. Ustoz, degan sharafli nomga dog` tushirgan 29 yoshdagi “qo`li egri” o`qituvchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1