1

BMT sessiyasidan avval Zambiya prezidenti o`zini yomon his qildi

Dunyo 26.09.2014, 10:36
BMT sessiyasidan avval Zambiya prezidenti o`zini yomon his qildi

25 sentyabr kuni Zambiya prezidenti Maykl Sata Nyu-York shifoxonalaridan biriga joylashtirildi. Bu haqda megapolis polisiyasi boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Kim Royster ma`lum qildi.

Ammo, Royster prezidentning shifoxonaga tushish sabablarini aytmadi va uning hozirgi ahvolini izohlamadi.

Roysterning aytishicha, 77 yoshli Maykl Sata Nyu-Yorkka BMT Bosh assambleyasining 69-sesiyasida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan. Zambiya prezidenti 24 sentyabr kuni nutq so`zlashi kerak edi. Ammo, Maykl Sata yig`ilishda ishtirok etmadi.

ITAR-TASS agentligining xabar qilishicha, payshanba kuni mehmonxonada Zambiya prezidentiga AQSh davlat departamenti shifokorlari tomonidan tibbiy yordam ko`rsatilgan. Keyinchalik esa u shifoxonaga etkazilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1