1

Ebola virusi qurbonlari soni 2800 nafarga etdi

Dunyo 26.09.2014, 11:48
Ebola virusi qurbonlari soni 2800 nafarga etdi

Ebola virusi oqibatida G`arbiy Afrika mamlakatlarida vafot etganlar soni 2803 nafarga etdi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xabar bermoqda. 

JSST ma`lumotiga ko`ra, hozirga kelib virus bilan 5843 kishi kasallangan, 2803 kishi esa vafot etgan.

Ebola virusi G`arbiy Afrika mamlakatlari bo`ylab tarqalishda davom etmoqda. Ebola virusi Liberiya, Serra-Leone, Gvineya, Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi va Senegal davlatlarida qayd etildi. Hozirda ushbu kasallikka qarshi aniq, lisenziyaga ega vaksina mavjud emas. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bemorlarni hali klinik tadqiqotdan o`tkazilmagan vaksinalar yordamida davolashga qaror qilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1