2014-yilning 25-sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar Vaziri Mevlut Chavushog`lu bilan uchrashdi.
Suhbat chog`ida vazirlar O`zbekiston-Turkiya munosabatlarinig hozirgi ahvoli va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari yuzasidan fikr almashdilar hamda turli darajadagi ikki tomonlama aloqalar jadvalini ko`rib chiqdilar.
O`zbek tomoni 2015-2016-yillarda BMTning Xavfsizlik kengashi doimiy bo`lmagan a`zoligi uchun bo`lib o`tadigan saylovda Turkiya nomzodini qo`llab-quvvatlashini rasman tasdiqladi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek uchrashuvda xalqaro va mintaqa siyosatining ayrim muammolari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.





