AsosiyJamiyat

“UMS” uchun tegishli lisenziya va ruxsatnomalar berildi

O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi «Mobilne TeleSistem» OAJ Rossiya-O`zbekiston telekommunikasiya xizmatlarini ko`rsatuvchi "Universal Mobile Systems" MChJ qo`shma korxonasi (Bundan keyin Operator) ishtirokchilari tarkibiga kirgani to`g`risida rasmiy xabar berdi.

“Mobilne TeleSistem” OAJ Operator ustav kapitalining 50,01 % miqdoridagi ulushiga ega bo`ldi. Ustav kapitalining qolgan 49,99 % miqdoridagi ulushi O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi tizimidagi “Radioaloqa, radiouzatish va televidenie markazi” DUK ga tegishli bo`ldi”,-deyiladi qo`mita xabarida.

Shuningdek, qo`mita axborot xizmati «Mobilne TeleSistem» OAJ Rossiya-O`zbekiston telekommunikasiya xizmatlarini ko`rsatuvchi "Universal Mobile Systems" MChJ qo`shma korxonasiga amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli lisenziyalar, zarur bo`lgan chastota diapazoni, raqamlar sig`imi hamda faoliyat ko`rsatishi uchun boshqa kerakli ruxsatnomalar berilgani haqida ma`lum qildi. 

Eslatib o`tamiz, “Universal Mobile Systems” 1 dekabrga tijoriy ekspluatasiyani amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar