1

Farg`onada qotil er 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat 28.08.2018, 09:25
Farg`onada qotil er 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyatchilikka qarshi kurashish haqiqati va adolati

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati sudida o`z rafiqasining qotiliga aylangan fuqaroga nisbatan sud hukmi o`qildi, deb xabar bermoqda O`zA.

Oila – insoniyat tarixining hamma davrlarida jamiyatning asosiy bo`g`ini hisoblangan muqaddas dargoh. Oila – jamiyatni tutib turuvchi tirgak, mustahkamlab turuvchi asosiy qo`rg`on. Oilalar qanchalik mustahkam bo`lsa, jamiyat ham shuncha kuchli bo`ladi. Zero, yosh avlod ana shu jamiyatda unib-o`sadi, kamolga etadi. Undagi har qanday qadriyatni o`zida singdirib ulg`ayadi.

Afsuski, bugun oila degan muqaddas dargohning, undagi mas`ullik tuyg`usining mohiyatini anglab etmayotgan, arzimas sabab bilan parokanda bo`layotgan, achinarlisi, o`zaro janjallar tufayli jinoyatga qo`l urayotganlar uchrab turibdi. Ushbu jinoyat ham janjal va kelishmovchiliklar oqibatida sodir bo`ldi.

Fuqaro D.Sotvoldiev D.Ortiqova bilan qonuniy nikohdan o`tib, turmush qurgan. Ikki nafar farzandi bor. O`zaro oilaviy kelishmovchiliklar sabab ular keyingi yillarda alohida yashab kelgan.

2018 yil 11 aprel kuni soat 23:00 larda D.Ortiqova turmush o`rtog`i D.Sotvoldievning Rishton tumani Yoshlik mahallasi Yoshlik-3 ko`chasida joylashgan yashash xonadoniga kelib, o`g`li M.Ortiqovni o`zi bilan olib ketishini aytadi. D.Sotvoldiev tabiiyki, e`tiroz bildiradi. O`g`li hech qaerga bormasligini, shu erda qolishini aytib, janjal ko`taradi. Janjal davomida D.Sotvoldiev o`g`liga xonasiga kirib uxlashini, ertaga maktabga borishini aytadi. O`zaro janjal davom etib, xotinining haqoratlaridan jahli chiqqan D.Sotvoldiev D.Ortiqovani qasddan o`ldirish maqsadida oshxona pichog`ini olib chiqib, badanining turli joylariga uradi va og`ir tan jarohati etkazadi. Natijada D.Ortiqova olgan og`ir tan jarohati sabab shifoxonada vafot etadi.

5.JPG

Mazkur jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati sudining raisi M.Mirzajonov tomonidan Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Farg`ona shahar va Rishton tumani kengashlari, xotin-qizlar qo`mitasi, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ochiq sud majlisida ko`rib chiqildi.

Sud majlisi davomida sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning, sudlanuvchi va jabrlanuvchi istiqomat qilgan hududdagi mahalla fuqarolar yig`inlari raislarining ko`rsatuvlari tinglanib, sudning 2018 yil 17 avgustdagi hukmi bilan D.Sotvoldievga O`zbekiston Respublikasi JK 97-moddasining 1-qismi bilan Jinoyat kodeksi 57-moddasi qo`llanib, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sud tomonidan D.Sotvoldievga jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, jabrlanuvchi qonuniy vakilining talabini inobatga olish bilan birga, sudlanuvchining shaxsini, oilaviy sharoitini, muqaddam sudlanmaganini, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchining axloqqa zid xulq-atvori ta`siri ostida jinoyat sodir etganini jazoni engillashtiruvchi holatlar deb baholab, unga nisbatan u ayblanayotgan modda sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam qismidan ham kamroq miqdorda jazo tayinlandi.

Sud hukmi e`lon qilinganidan so`ng raislik etuvchi tomonidan taraflarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari, shikoyat qilish huquqiga ega bo`lgan shaxslar doirasi haqida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, ushbu jinoyatning sodir etilish sabablari keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Odatda, jinoyat tafsilotlari yakunida «mahalla-ko`y, qo`ni-qo`shni, qarindosh-urug` qayoqqa qaradi? Muammoning shu darajada chuqurlashib ketishiga nega yo`l qo`yildi?» qabilida xulosa qilinadi. Bu bejiz emasligini bir oila fojiasi misolida ko`rish mumkin. Har bir oila – jamiyatning bir bo`lagi. Shunday ekan, uning ichki muammolari uchun jamiyat a`zolari ham birday mas`ul. Mas`uliyat unutilgan, atrofdagilar loqayd tomoshabinga aylangan joyda esa jinoyatlar tug`ilishi aniq.

Sud sodir etilgan jinoyatning sababini va uning sodir etilishiga imkon bergan sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Farg`ona shahar va Rishton tumani kengashlariga xususiy ajrimlar chiqardi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1