AsosiyJamiyat

Har bir mahallada futbol maydonlari tashkil etiladi

'Har bir mahallada futbol maydonlari tashkil etiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolar yig`inlarida sportning futbol turini yanada rivojlantirish hamda fuqarolar yig`inlari raislarining o`rinbosarlari – yoshlar masalalari bo`yicha maslahatchilarni moddiy rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Endilikda, xususiy sherikning mulki negizida tashkil qilingan futbol holatini yaxshilashga ko`maklashish asosida har bir mahallada futbol maydonlari tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq «Har bir mahallada futbol maydoni» dasturi hamda mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom bilan mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish uchun er uchastkalarini bepul asosda ajratish tartibi ham belgilandi.

    Boshqa yangiliklar