Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan chegaradosh hududida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etilgan yana bir bojxona qoidabuzarligida respublikamiz hududiga sifati kafolatlanmagan sitrus mevalarning noqonuniy olib kirilishi oldi olindi.
Fuqaro O.A. boshqaruvidagi avtomashina chegara oldi hududida to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida xorijda etishtirilgan, hech qanday hujjatlari bo`lmagan, muqaddam qo`shni davlatdan noqonuniy ravishda, aylanma yo`llar orqali olib kirilgan 4 tonna og`irlikdagi kivi, apelsin, ananas kabi sitrus mevalar ortilganligi aniqlandi.
Jami qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, salkam 102 mln. so`mni tashkil qilingan mazkur mevalar ashyoviy dalillar sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabariga ko`ra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






