Gresiya polisiyasi tirik holatda ko`milgan ayolning o`limi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda. Ushbu ayol 28 sentyabr kuni mahalliy qabristonlarning biriga anglashilmovchilik tufayli tirik holda ko`milgan. www.ntv.ru nashri bu haqda ma`lumot beradi.
Biroq dafn marosimi o`tgach, qabr ostidan ayol kishining yordam berishlarini so`rab, yig`lab dod solgan tovushi eshitilgan. Ayni damda qabriston vakillari tergov qilinmoqda. Ular dafn marosimi o`tgach qabr ostidan bir soat davomida ayol kishining tinimsiz yig`lagan ovozini eshitganliklari haqida aytishgan. Oradan ikki soat o`tib qabr ochilganda ayol allaqachon jon taslim qilib bo`lgandi. Ayolga tibbiy yordam ko`rsatish uchun kelgan shifokor uning havo etishmasligi oqibatida vafot etganini aytgan.
Aniqlanishicha, 49 yoshli ushbu ayol saraton kasalligiga chalingan va kasallik oqibatida letargik uyquga ketgan. Shifokorlar esa uni vafot etgan deb o`ylashgan. Buni qarangki, dafn marosimidan so`ng u o`ziga kelgan.
Ayol yana qaytadan dafn etildi. Ma`lumotlarga ko`ra, uning ikki nafar farzandi bor edi.





