1

Emomali Rahmon bir guruh o`zbekistonlik davlat va jamoat arboblarini mukofotladi (foto)

Siyosat 30.08.2018, 12:15
Emomali Rahmon bir guruh o`zbekistonlik davlat va jamoat arboblarini mukofotladi (foto)

Bugun, 30 avgust kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Tojikiston Respublikasining Mustaqillik bayrami arafasida O`zbekistonning bir guruh davlat arboblari, ilm-fan, ta`lim va san`at vakillarini ikki davlat xalqlari o`rtasidagi ko`p asrlik do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo`shgan katta hissasi, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, ma`naviy qadriyat va an`analarni asrab-avaylash va boyitish borasidagi faol va samarali faoliyati, mamlakatlarimiz orasida o`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik va ko`p tomonlama strategik sherikchilikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Taqdirlanganlar maxsus reys bilan bilan Tojikistonga tashrif buyurdilar. Mukofotlarni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon shaxsan o`zi topshirdi.

Jumladan, O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov II darajali «Ismoili Somoni» ordeni bilan taqdirlandi.


Shuningdek, O`zbekiston suv xo`jaligi vaziri Shavkat Hamroev I darajali «Sharaf» ordeni, Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov, Samarqand viloyati tojik madaniy markazi raisi Vohidov Abduvahob, Suv xo`jaligi vaziri maslahatchisi Ismoil Jo`rabekov, «Ovozi tojik» gazetasi bo`lim boshlig`i To`xtamish To`xtaev, Buxoro universiteti professori Tavakkal Choriev «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Sherali Jo`raev hamda Mavluda Xalilova Tojikiston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlanganlari haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1