Dushanba kuni Afg`oniston poytaxti Kobul shahrida Afg`oniston yangi prezidenti Ashraf G`ani Axmadzayning inaugurasiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda “ITAR-TASS” agentligi xabar beradi.
Prezidentlik saylovida Ashraf G`ani Axmadzayning raqibi bo`lgan, Abdulla Abdulla esa bosh vazir lavozimida ish boshladi. Abdulla Abdulla Afg`oniston manfaati uchun prezident bilan birgalikda ishlashga va`da berdi. “Avvalgi hukumatning yutuqlarini ko`paytirish va himoya qilish uchun qo`limizdan kelgan barchasini qilamiz. Men Xamid Karzayni so`nggi 13 yil ichida qilgan ishlarini uchun minnatdorlik bildiraman”,- deya qayd qilib o`tdi bosh vazir.
Shuningdek, marosim davomida ikki nafar prezident o`rinbosari hamda prezident yordamchilari tanishtirildi. Prezident o`rinbosarlari etib Abdul Rashid Do`stum va Muhammad Sarvar Danesh tayinlangan bo`lsa, davlat rahbari yordamchilari sifatida Muhammad Xon va Muhammad Mohaqiq tanishtirildi.





