AsosiyDunyo

Rossiyada bosh qismi odamnikiga o`xshash baliq tutib olindi

Rossiyaning evropa qismidagi Shimoliy Dvina daryosidan tishlari, og`iz qismi umuman bosh qismi insonnikiga o`xshash baliq tutib olindi. www.ntv.ru nashri bergan ma`lumotlarga qaraganda, ba`zilar uni gollivudning qo`rqinchli filmlarida ishtirok etadigan qo`rqinchli mavjudodga ham o`xshatmoqda.

Mutaxassislar baliqning qaysi turga mansub ekani haqida biror to`xtamga kela olishmayapti. Shu bilan birga ushbu “baliqdagi odamga o`xshash jihatlar, ko`rinish g`ayrioddiylikmi yoki fandagi yangilikmi?” kabi savollarga javob topish istagida tajribalar olib borilmoqda.

“Balqini tutib olgach, o`ljamning kattaligidan xursand bo`ldim. Qo`lga olganimda esa u eskirgan baliqni o`xshab ko`rindi. Biroq baliq tirik edi. Oyqulog`i ham qizil tusda edi. Birdaniga uning tishlarini ko`rish istagida og`zini kuch bilan ochdimu, uning odamnikiga o`xshash tishlarini ko`rib baliqni qayiqning narigi burchagiga otib yubordim. Oradan biroz vaqt o`tgach, o`zimga kelgach, bu noyob mavjudodni mutaxassislarga taqdim etdim” deydi baliqchi Aleksandr Korobov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar