1

Putin Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`lladi

Siyosat 31.08.2018, 10:23
Putin Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`lladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

"Rossiyada do`st O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot borasida erishayotgan yutuqlar, mamlakatingizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani mamnuniyat bilan e`tirof etilmoqda.

Davlatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik kabi ezgu an`analarga asoslangan munosabatlar yuksak darajaga ko`tarilgan. Ishonchim komil, biz birgalikdagi sa`y-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, mintaqaviy masalalar bo`yicha konstruktiv hamkorlikni bundan buyon ham faol rivojlantiramiz. Bu xalqlarimiz manfaatlariga to`liq javob beradi hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash borasidagi intilishlarimizga hamohangdir", - deyiladi tabrik matnida.

Shuningdek, Putin Mirziyoevga mustahkam sog`lik va muvaffaqiyat, O`zbekistonning barcha fuqarolariga baxt-saodat va farovonlik tilagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1