Davlat statistika qo`mitasi “Aholi haqida raqamlar tilida” statistik bukletini chop etdi.
Mazkur statistik bukletda, O`zbekiston aholisining soni va tuzilishi, aholining hududlar bo`yicha joylashishi, O`zbekiston aholisi sonining dinamikasi, shahar va qishloq aholisining nisbati, yirik shaharlar aholisining soni haqidagi ma`lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, bukletda dunyo bo`yicha aholisi eng ko`p bo`lgan 50 ta mamlakatlar va bu ro`yxatda O`zbekistonning tutgan o`rni to`g`risidagi ma`lumotlar mavjud.
Unga ko`ra, O`zbekiston aholi soni bo`yicha 30,5 mln kishi bilan 42 o`rinda qayd etildi. Birinchi o`rinda Xitoy (1367,4 mln), ikkinchi o`rinda Hindiston (1258,5 mln) va uchinchi o`rinda AQSh (318,6 mln) qayd etildi. Beshlikni Indoneziya (252,8 mln) va Braziliya (201,0 mln) mamlakatlari yakunlab berdi.





