AsosiyDunyo

KXDR rahbari jarrohlik amaliyotini o`tkazgani haqida xabar tarqaldi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari sentyabr oyi o`rtalarida to`piq suyagida jarrohlik amaliyotini o`tkazgan va hozirda Pxenyandagi shifoxonada bo`lib turibdi. Bu haqda “Choson ilbo” gazetasiga asoslanib “RIA Novosti” agentligi xabar beradi.

“Men Kim Chen Inni iyun oyida  to`piq suyagi qismidan jarohat olgani haqidagi xabarni eshitdim”,-dedi gazeta manbasi.

Nashrning yozishicha,  KXDR rahbari mamlakat poytaxtidagi Bonghwa Clinic shifoxonasida reabilitasiya kurslarini o`tamoqda. Shuningdek, Shimoliy Koreya hukumatining yuqori lavozimdagi amaldorlari aynan shu shifoxonada davolanishlari qayd qilib o`tilgan.    

Janubiy Koreyaning ayrim OAVlari esa Kim Che Inni 3 sentyabr kuni bo`lib o`tgan konsertdan so`ng omma oldida namoyon bo`lmagani haqida xabar bermoqda.   

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar