Bugun, 2-sentyabr O`zbekiston Birinchi prezidenti vafot etgan kun. 2017 yilning 25 yanvarida ushbu kun rasman Islom Karimov xotira kuni deb e`lon qilingan edi.
Ushbu munosabat bilan Lola Karimova-Tillaeva Facebook’dagi sahifasida ko`nglidagi dir so`zlarini qoldirdi.
“Sizni juda ham sog`inaman, vaqt ham bu tuyg`uni enga olmayapti…aksincha, xotiralarim meni o`tmishning turli onlariga chorlaydi va men xayolan o`sha damlarni qayta va qayta yashab o`taman. Ko`p hollarda siz aytgan gaplar mohiyatini faqat endilikda to`liq anglayapman... Ko`plab o`tmishdagi so`zlar va lavhalar ko`z o`ngimda turib, asta-sekin tushlarimga o`tadi, va bu ro`yoda biz siz bilan yana uchrashamiz.
2 sentyabr sizning xotira kuningiz va bugun siz farzandlaringiz tomonidan aytilgan har bir so`zni eshitasiz... Ushbu yorqin xotirangiz abadiy bo`lsin, Otajon”.