G`arbiy OAV bergan ma`lumotlarga ko`ra, Gersoginya Keyt va shahzoda Uilyam tug`ilajak farzandlarining ismini shahzodaning onasi malika Diana sharafiga bag`ishlab ism berish istagidalar. ru.hellomagazine.com nashri bu haqda xabar beradi.
Qirollikning biografi Endryu Martonaning fikricha, ular kutilayotgan farzandning qiz bo`lishini va unga Elizaveta Diana Vindzor deb ism berishni orzu qilishmoqda. Bu bilan qirolicha Elizavete II hamda marhuma malika Diananing nomi tarixda yana bir bor muhrlanishidan umidvorlar.
Keyt ham Uilyam ham qizaloqning ismini Diana deb atash uning kelajagiga ta`sir qilishidan havotirlanayotganlari yo`q. Odamlar orasidagi bu fikr, ular qabul qilgan qarorga o`z ta`sirini o`tkazolmaydi.
Boshqa yashirin ma`lumotlarga ko`ra, agar tug`ilajak chaqaloq qiz bo`lsa, unga Elizaveta, Viktoriya yoki Aleksandra ismini berishlari ham mumkin.





