1 sentyabr kuni O`zbekiston Qahramoni, taniqli navoiyshunos olima Suyima G`anieva 86 yoshida vafot etdi.
Olima uzoq davom etgan kasallik tufayli olamdan o`tganligi aytilmoqda.
Suyima G`anieva 1932 yil Toshkentda tug`ilgan. O`rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O`zMU)ning Sharq fakultetida ta`lim olgan. 1956 yildan O`zFA Til va adabiyot institutida, Toshkent Davlat konservatoriyasida, 1993 yildan shu kunlargacha Toshkett Davlat sharqshunoslik institutida ishlab keladi.
Olima adabiyotshunoslik, matnshunoslik va tarjimachilik sohasida yaratilgai 20 ta kitob va risolalar, 300 dan ortiq maqola va taqrizlar muallifi.
Suyima G`anieva 1992 yilda Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan, shu yilning o`zida «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan. 2008 yilda olimaga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni topshirilgan.
Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Mumtoz filologiya kafedrasi professori Suyima G`anievaga 2015 yil 25 avgust kuni O`zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov farmoni bilan O`zbekiston Qahramoni unvoni bilan Oliy nishon — Oltin yulduz medali topshirilgan.






