AsosiyJamiyat

O`zbekistonda erkaklar soni ayollar sonidan oshib ketdi

Davlat statistika qo`mitasi “Aholi haqida raqamlar tilida” nomli buklet ishlab chiqdi. Bu haqda Uz24.uz nashri xabar beradi.

Undagi ma`lumotlarga ko`ra, 2014 yilning boshida har 1000 erkakka 996 ayol to`g`ri kelmoqda. Shu bilan birga mavjud barcha erkaklar va ayollar o`rtasidagi son jihatidan farqni 1939 yildan to bugungi kungacha uch solishtirish usulida tadqiq etilgan. Ular: “barcha aholi”, “shaharliklar”, “qishloq aholisi” usullaridir.

“Barcha aholi” kategoriyasida 2014 yilning boshida har 1000 erkakka 996 ayol to`g`ri kelgan bo`lsa, “shahar aholisi” kategoriyasida ushbu raqam har 1000 erkakka 1005 nafar ayol kishi, “qishloq aholisi” kategoriyasida esa 1000 nafar erkakka 986 nafar ayol to`g`ri kelishi qayd etilgan.

2011 yilda esa erkaklar hamda ayollar orasidagi farq asosan shahar aholisi o`rtasida kuzatilgan va 1000 nafar erkak kishiga 1010 nafar ayol to`g`ri kelgan.

Aytish lozimki, bukletda qayd etilgan ma`lumotlar 1979 yilgacha O`zbekistonda 1000 nafar erkakka umumiy aholi sonidan kelib chiqqanda 1030 ayol, shahar aholisi kategoriyasi bo`yicha 1042 ayol, qishloq axolisi kategoriyasida esa 1033 nafar ayol tug`ri kelgan.

1989 yilda esa bu ko`rsatkich biroz kamroq ekanini ham aytib o`tish lozim. Bu davrda 1000 nafar erkak kishiga umumiy aholi sonidan kelib chiqqanda 1025 ayol, shahar aholisi kategoriyasi bo`yicha 1044 ayol, qishloq aholisi kategoriyasida esa 1012 nafar ayol tug`ri kelgan.

    Boshqa yangiliklar