AsosiyJamiyat

Yaponiyalik arxeolog Toshkentda mahorat darsini o`tmoqda

2014 yilning 29 sentyabridan 8 oktyabr sanasiga qadar O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Halqaro madaniyat Karvon-saroyida Yaponiyalik mashxur olim Xiroaki Furusho boshchiligidagi arxeologiyaga bag`ishlangan “Workshop 2014” mahorat darslari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Uz24.uz nashri ma`lumot beradi.

Ushbu mahorat darslarida oliy va o`rta mahsus ta`lim muassasalari talabalari, o`quvchilari shuningdek, ilmiy tashkilot, muzeylarning tadqiqot bilan shug`ullanuvchi vakillari ishtirok etishadi. Ishtirokchilar arxeologiya asoslari, metodlari, arxeologik tadqiqotni o`tkazish, topilmalarni saqlash kabi mavzular bilan tanishadilar. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar