Ma`lumki, Shahrisabz shahrida joriy yilning 6-10 sentyabr kunlari Xalqaro maqom san`ati anjumani o`tkaziladi. Ushbu anjumanga 75ta davlatdan xorijiy mehmonlarning tashrifi kutilmoqda.
Albatta, o`zbek xalqi mehmondo`st. Shundan bo`lsa kerak, anjumanga tayyorgarlik ishlari yuksak saviyada olib borilmoqda. Xususan, bir necha oylar davomida qurilish, ta`mirlash, obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish kabi tashkiliy ishlar bajarildi. Oqsaroy hududida barpo etilgan 1800 o`rinli maxsus amfiteatr konsert dasturlarini o`tkazishga tayyor.
Oqsaroyning xalq bilan gavjum ko`chalari bayram shukuhini tarannum etmoqda. Shahrisabz shahriga tashrif buyurgan inson o`zini go`yo ertaklar mamlakatida his etishadi. Tabiat qo`yinida qad roslagan mehmon uylari, yurtimiz tarixi va madaniyatini ifoda etuvchi maxsus sahna qurilmalari, hunarmandchilik mahsulotlari ko`zni quvnatadi.
Har kuni anjuman Ishchi guruhining shtabi turli masalalar yuzasidan muhokamalar olib bormoqdalar, muammoli masalalar shu erning o`zida bartaraf etilmoqda.
Suratlar muallivi: Asqar Yoqubov