2014 yilning 28 sentyabr kuni Yaponiyada Ontake vulqonining otilishi natijasida yo`qolgan 24 kishini qidirish ishlari davom etmoqda, bu haqda RIA Novosti Kiodo agentligi ma`lumotlariga tayanib xabar beradi.
Yaponiyaning Nagano va Gifu prefekturalari o`rtasidagi vulqon otilishi 27 sentyabr kuni tongda sodir bo`ldi. Ushbu davrda 250 ga yaqin sayohatchi vulqon yaqinida bo`lishgan.
O`sha kuni qutqaruvchilar yurak va o`pka organlari ishdan chiqqan 31 kishini topishgandi. Ulardan to`rt nafari vafot etdi, 29 sentyabr kuni esa shifoxonaga yana 6 kishi keltirilgandi.
Ayni damgacha, rasman 47 kishining vafot etgan tasdiqlangan. 70 nafar fuqaro esa turli darajada jarohat olishgan.
2 oktyabr kuni polisiyachi va yong`inga qarshi kurash qismidan jami 1000 kishi bedarak yo`qolgan fuqarolarni qidirish ishlarini boshlashgandi, biroq yog`ingarchilik tufayli qidiruv ishlari to`xtatildi. Chunki yomg`ir natijasida qotib ulgurgan lavalarning ko`chishiga sabab bo`lishi mumkin. Yaponiyaning meteorologiya bosh agentligi ushbu vulqonni besh ballik shkala bo`yicha uchinchi darajadagi xavf ekanligi ma`lum qildi.
Qidiruv va qutqaruv ishlari havo ochilishi bilan davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.





