2014 yilning 30 sentyabr kuni Amsterdamda Mikropiya nomli dunyodagi ilk mikroblar muzeyi ochildi. Bu haqda lenta.ru xabar beradi.
Ko`rinishidan xuddi laboratoriyani eslatuvchi ushbu muzeyda turli rang, ko`rinish, shaklga ega bo`lgan mikroblarni mahsus mikroskoplar orqali ko`rish imkoniyati mavjud.
Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar mikroorganizmlarning probirkadagi hayoti, ularning ko`payishini ham kuzatishlari mumkin. Alohida aytib o`tish joizki, ushbu muzeyda G`arbiy Afrika mamlakatlarida keng tarqalgan Ebola virusining modeli ham mavjud.
Mahsus skaner esa tashrif buyuruvchining tanasining qaysi qismida ko`proq mikrob borligini ko`rsatib turadi.





