1

Bulung`urdagi 23-maktabning mansabdor shaxslari byudjet mablag`lari o`zlashtirganlari uchun javobgarlikka tortildi

Jinoyat 06.09.2018, 18:17
Bulung`urdagi 23-maktabning mansabdor shaxslari byudjet mablag`lari o`zlashtirganlari uchun javobgarlikka tortildi

Bulung`ur tumani Baxshi ko`chasida yashovchi, tuman XTBga qarashli 23-umumta`lim maktabi o`qituvchisi S.O.ning arizasi yuzasidan maktabda tekshirish ishlari olib borilganda, maktabning mansabdor shaxslari ish haqi va boshqa mablag`larni o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-taroj qilib kelayotganligi aniqlangan, deb xabar berdi Samarqand viloyat IIB facebook’dagi sahifasida.

Jumladan, mansabdor shaxslar o`z vakolatini suiiste`mol qilib, 2016 yil 31 dekabr kuni chek orqali jami 6 million so`m avans pullarini naqd shaklda bankdan olishgan. 9 nafar o`qituvchiga 3 mln. 752 ming so`m pullarni tarqatmasdan, ularning vedomostdagi imzolarini soxtalashtirib, pullarni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgan.

Bundan tashqari, 2016-2017 yillarda tug`ruq ta`tilida bo`lgan maktabning 5 nafar o`qituvchisiga kredit va boshqa to`lovlar uchun 22 mln. 728 ming 500 so`m va ish haqi sifatida 26 mln. 517 ming 500 so`m, jami 49 mln. 246 ming so`m pul mablag`lari o`qituvchilar shu vaqtda ishlamagan bo`lsalar-da, ularning nomlaridan vedomostlar soxtalashtirilib, byudjet mablag`lari o`zlashtirish yo`li bilan talon-taroj qilingan.

Bulung`ur tumanidagi 23-umumta`lim maktabi mansabdor shaxslari tomonidan jami 52.998.000 so`mlik byudjet mablag`lari o`zlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bulung`ur tumani prokuraturasi tomonidan O`z.R JKning 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1