O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda “MY5” telekanali tomonidano`tkazilayotgan “Vunderkind shou teleko`rsatuvi” o`z bilimiga ishongan maktab va kollej bitiruvchilarini “ring” ga chorlaydi.
“Vunderkind shou teleko`rsatuvi” O`zbekistonning bilimli, kitobsevar yoshlariga o`z iste`dodlarini namoyish etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish va keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida har yili an`anaviy tarzda tanlov shaklida o`tkaziladi, “Mening yurtim” (My5) telekanali orqali efirga uzatiladi.
Endi bilimingiz sizga foyda keltiradi va millionlar sohibiga aylantiradi!
Aniq va ijtimoiy fanlar yo`nalishidan birini tanlang, tengdoshlaringiz bilan bellashing va 50 million so`m pul mukofotini qo`lga kiriting!
Buning uchun 3 bosqichli tanlovdan o`tishingiz kerak.
1-bosqichda “Vunderkind shou teleko`rsatuvi” da qatnashish uchun ishtirokchilar kasting bilan 2 ta yo`nalish – aniq va ijtimoiy fanlar bo`yicha test asosida tanlab olinadi.
2-bosqichdabevosita kastingda g`olib bo`lgan ishtirokchilar “Vunderkind shou teleko`rsatuvi” da 4 ta shart asosida o`zaro bellashadilar va ko`rsatuvning har bir sonida bir nafardan g`olib ishtirokchi final bosqichiga yo`l oladi. Va nihoyat, final bosqichida har ikki yo`nalish bo`yicha jami 6 nafardan 12 ta ishtirokchi asosiy g`oliblik uchun kurash olib boradilar. Final bosqichida har ikki yo`nalish bo`yicha 1-o`rinni olgan ishtirokchilarga 50 million so`mdan pul mukofoti va sertifikat beriladi. 2- va 3-o`rin g`oliblariga qimmatbaho sovg`alar va sertifikat beriladi.
Tanlovimiz dovonlaridan o`tishga aqlingiz etadimi? Kuchli va bilimlimisiz?Aqlli millionerga aylanishni xohlaysizmi? Unda sizni “Vunderkind shou teleko`rsatuvi”da kutamiz. Qatnashing va g`olib bo`ling! O`z bilimiga ishonganlarni bilim maydonimizda sinaymiz!






