O`zbekiston va Tojikistoning uchta shahri o`rtasida xalqaro avtobus yo`nalishlari ochilgani haqida O`zbekiston avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati ma`lum qildi.
9 sentyabr kuni Tojikistonda davlat mustaqilligining 27 yilligi keng nishonlanadi. Ushbu tantanali sana munosabati bilan ikki davlat xalqlariga qulaylik yaratish maqsadida bugun, 8 centyabrdan boshlab “Termiz-Dushanbe”, “Denov-Dushanbe”, “Samarqand-Panjikent” yo`nalishida xalqaro avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi.
“Termiz-Dushanbe” xalqaro avtobus yo`nalishining masofasi 251 km.
• manzilga sarflanadigan vaqt – 5 soatu 39 daqiqa;
• yo`lkira haqi tashuvchilar tomonidan Termizdan Dushanbegacha – 70 ming so`m;
• Dushanbedan Termizgacha 70 somoni.
“Denov – Dushanbe” xalqaro avtobus yo`nalishining masofasi 107 km.
• manzilga sarflanadigan vaqt – 2 soat 25 daqiqa;
• yo`lkira haqi tashuvchilar tomonidan Denovdan Dushanbegacha 40 ming so`m.
• Dushanbedan Denovgacha 40 somoni.
“Samarqand – Panjikent” xalqaro avtobus yo`nalishining masofasi 64 km.
• manzilga sarflanadigan vaqt 1 soatu 25 daqiqa.
• yo`lkira haqi tashuvchilar tomonidan Samarqanddan Panjikentgacha 20 ming so`m;
• Panjikentdan Samarqandgacha 20 somoni.







