1

Maqom – butun dunyoda e`tirof etiladigan san`at

Madaniyat 08.09.2018, 19:10
Teglar: Maqom-2018
Maqom – butun dunyoda e`tirof etiladigan san`at

Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san`ati anjumani davom etmoqda. Unda dunyoning 73 davlatidan san`atshunos olimlar, mutaxassislar, xonanda va sozandalar, hukumat vakillari ishtirok etmoqda. O`zA muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

1-Ozarbayjon.JPG

Abulfas GARAEV, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri:

– Avvalo, katta musiqiy anjumanning ochilishi yuksak darajada tashkil etilgani bilan tabriklamoqchiman. O`zbekiston bu kabi xalqaro musiqiy anjumanlar o`tkazish bo`yicha yaxshi tajribaga ega mamlakat. Bu bayramning Amir Temur tug`ilgan yurtda o`tkazilishi ham tarixiy, ham me`moriy, ham musiqiy merosni jipslashtirishda g`oyat katta o`rin tutadi. Shu jihatdan maqom anjumanini har tomonlama qiziqarli va xalqlar o`rtasida madaniy muloqotni kengaytirishda juda foydali, deb hisoblayman.

Ozarbayjon delegasiyasi anjumanda ko`p sonli vakillar bilan qatnashmoqda. Ular orasida musiqachilar, hay`at a`zolari, Ozarbayjon milliy mug`om san`atini tanishtirish uchun olimlar tashrif buyurgan. Bizning mamlakatda mug`om hayot tarziga aylangan. Usiz madaniyatimizni, tariximizni tasavvur qila olmaymiz. Mazkur anjuman maqom va bizning an`anaviy hamda zamonaviy mug`om yo`nalishidagi yangiliklar haqida o`zaro fikr almashish, xalqlarimiz o`rtasidagi madaniy munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mug`om mamlakatlarimizni do`stlashtiruvchi, xalqlarimizni, madaniyatimiz va an`analarimizni birlashtiruvchi kuchdir.

Men Prezident Shavkat Mirziyoevga ushbu yuksak darajadagi xalqaro anjumanni tashkil etish tashabbuskori bo`lgani va go`zal Shahrisabzda bizning delegasiyamizga ko`rsatilgan katta ehtirom uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. Anjuman qatnashchilariga yangi ilmiy-ijodiy izlanishlar va go`zal maqomning musiqaviy ifodasini topishlarida muvaffaqiyat tilayman.

2-Tojikiston.JPG

Shamsiddin O`RUMBEKZODA, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri:

– Maqom san`ati tojik xalqida ham e`zozlanadi. Mamlakatimiz rahbari Emomali Rahmon, ayniqsa, bu san`atni juda qadrlaydi. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakat hayotining barcha jabhalarida tub islohotlarni amalga oshirish jarayonida milliy madaniyat, san`at, xususan, maqom san`atini yanada rivojlantirish, xalqaro miqyosda keng targ`ib etishga alohida e`tibor qaratayotgani xorijlik san`atkorlar va mutaxassislarni ham xursand qilmoqda. Shahrisabzga kelib, maqom O`zbekistonda juda yuksak e`zozlanishi, uning rivoji yo`lida ulkan ishlar boshlangani va bu o`z samaralarini ko`rsatayotganiga guvoh bo`ldik.

Maqom – butun dunyoda e`tirof etiladigan san`at. Shuning uchun ham YuNESKO uni nomoddiy madaniy meros ro`yxatiga kiritgan. Biz tadbir doirasida “Shashmaqom” va “Shashmaqom sharhi” nomli kitoblarni sovg`a qildik. Kelajakda ushbu nufuzli anjuman butun dunyo miqyosida katta shuhrat qozonishiga tilakdoshmiz. O`zbekiston zaminida o`tayotgan ushbu anjuman qancha ko`p rivojlansa, bizning xalqimiz ham shuncha xursand bo`ladi. Chunki biz etu tirnoqmiz. Birimizning yutug`imiz, ikkinchimizniki hamdir. Binobarin, maqom san`ati umumiy milliy boyligimiz hisoblanadi.

Sharhlar

Maqom festivali Gran-prisini Tojikiston guruhi qo`lga kiritdi

11.09.2018, 11:37

Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san`ati anjumani yakunlandi, deb xabar qilmoqda UzA.Xalqaro anjumanning so`ngi kunida yopilish marosimi va turli nominasiyalar bo`yicha g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi....
Madaniyat vaziri Yaponiya san`at delegasiyasi bilan uchrashdi (foto)

10.09.2018, 19:54

Bugun, 10 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev Koto musiqiy asbobi ijrochisi Ivamoto Kyoke rahbarligidagi Yaponiya san`at delegasiyasi bilan uchrashdi.Uchrashuv nihoyatda samimiy va...
Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi I Xalqaro maqom san`ati anjumaniga bag`ishlandi

07.09.2018, 16:14

Shahrisabz shahrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan I Xalqaro maqom san`ati anjumani o`tkazilmoqda. Anjumanning tantanali ochilish marosimi 6 sentyabr kuni bo`lib o`tdi.Mamlakatimizda birinchi bor o`tkazilayotgan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1